⚠ Sayt test rejimida ishlamoqda — ma'lumotlar vaqtinchalik bo'lishi mumkin⚠ Sayt test rejimida ishlamoqda — ma'lumotlar vaqtinchalik bo'lishi mumkin⚠ Sayt test rejimida ishlamoqda — ma'lumotlar vaqtinchalik bo'lishi mumkin⚠ Sayt test rejimida ishlamoqda — ma'lumotlar vaqtinchalik bo'lishi mumkin⚠ Sayt test rejimida ishlamoqda — ma'lumotlar vaqtinchalik bo'lishi mumkin⚠ Sayt test rejimida ishlamoqda — ma'lumotlar vaqtinchalik bo'lishi mumkin
INNO Technopark

Rezidentlik

INNO Texnopark rezidenti bo'ling

Innovatsion loyihangizni muvaffaqiyatli amalga oshiring. Rezidentlar uchun mo'ljalangan zamonaviy infratuzilma va qonunchilikda belgilangan soliq imtiyozlaridan foydalaning.

Soliq imtiyozlari

INNO Texnopark rezidentlariga taqdim etiladigan imtiyozlar

2025-2026 yil holatiga ko'ra rezidentlarga qo'llaniluvchi soliq stavkalari:

0%Qo'shilgan qiymat solig'i
0%Mol-mulk solig'i
1%Yer solig'i
0%Foyda solig'i
0%Aylanmadan olinadigan soliq
0%Aktsiz solig'i
12%Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i
12%Yagona ijtimoiy soliq
#307-qarorPrezident Qarori · 2022 yil 6 iyul

"2022-2026-yillarda O'zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirish bo'yicha tashkiliy chora-tadbirlar to'g'risida"gi qaror tasdiqlandi.

#606-qarorVazirlar Mahkamasi Qarori · 2022 yil 15 oktyabr

"Respublika hududlarida innovatsiya va investitsiya faoliyatini jadallashtirishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida"gi qaror tasdiqlandi.

Talablar

Kim rezident bo'la oladi?

INNO Texnopark rezidentligiga quyidagi mezonlarga javob beruvchi barcha korxona va startaplar ariza topshirishi mumkin.

Yuridik shaxs

O'zbekiston Respublikasi hududida ro'yxatdan o'tgan MChJ, XK, AJ yoki boshqa huquqiy maqomga ega tadbirkorlik subyektlari.

Innovatsion yo'nalish

Loyiha yuqori texnologiyalar, ilm-fan, zamonaviy ishlab chiqarish yoki sanoat innovatsiyalariga asoslangan bo'lishi shart.

Biznes-reja

Aniq belgilangan maqsadlar, bozor tahlili va moliyaviy asoslarga ega bo'lgan mukammal biznes-reja taqdim etilishi lozim.

Jamoaviy salohiyat

Loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish va rivojlantirish uchun yetarli malakaga ega jamoa yoki hamkorlar mavjudligi.

Jarayon

To'rt qadam - rezident bo'lish

01

Ariza topshirish

Onlayn shaklni to'ldirish orqali kompaniya, rahbar va loyiha haqidagi asosiy ma'lumotlarni kiriting hamda kerakli hujjatlarni yuklang.

10-15 daqiqa
02

Ko'rib chiqish

Ekspert komissiyasi arizangizni texnik va iqtisodiy jihatdan baholaydi. Zarurat tug'ilganda, loyiha bo'yicha qo'shimcha ma'lumotlar so'ralishi mumkin.

3-5 ish kuni
03

Taqdimot (Pitching)

Loyihangiz dastlabki saralashdan muvaffaqiyatli o'tsa, uni Ekspert komissiyasi va mentorlar oldida himoya (prezentatsiya) qilishga taklif etilasiz.

30 daqiqa
04

Shartnoma imzolash

Komissiya qarori ijobiy bo'lgan taqdirda, texnopark rezidentligi to'g'risida ikki tomonlama shartnoma imzolanadi va Sertifikat taqdim etiladi.

1-2 kun

Arizangizni hoziroq topshiring

Onlayn shaklni to'ldirish bor-yo'g'i 10-15 daqiqa vaqt oladi. Ariza topshirish mutlaqo bepul va bu sizga hech qanday moliyaviy majburiyat yuklamaydi.

Ariza topshirish

FAQ

Ko'p so'raladigan savollar

Qanday kompaniyalar rezident bo'la oladi?

O'zbekistonda ro'yxatdan o'tgan, innovatsion yo'nalishda faoliyat yurituvchi har qanday korxona. Startap bo'lishi shart emas - qayta qurollanayotgan sanoat korxonalari ham qabul qilinadi.

Rezidentlik qancha muddatga beriladi?

Dastlabki shartnoma 1 yilga tuziladi. Faoliyat natijalari asosida har yili uzaytiriladi. Eng uzun rezidentlik muddati - 3 yil.

Ish joy uchun to'lov qanday?

Rezidentlar uchun ish joylari imtiyozli narxlarda taqdim etiladi. Ofis, angar yoki laboratoriyaga qarab narxlar farq qiladi. Batafsil ma'lumot uchun biz bilan bog'laning.

Ariza topshirish bepulmi?

Ha, ariza topshirish va ko'rib chiqish jarayoni to'liq bepul va majburiyatsiz.

Boshqa savollaringiz bormi? Biz bilan bog'laning