INNO Innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkiga Germaniyaning amaliy tadqiqotlar va innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish sohasidagi yetakchi tashkilotlaridan biri — Fraunhofer jamiyati vakillari tashrif buyurdi.
Tashrif davomida Fraunhofer ishlab chiqarish tizimlari va konstruksiyalash texnologiyalari instituti (Fraunhofer IPK) direktori Xolger Kol hamda “PROJECHT M” Foundation Germany raisi Mayk de Vris texnopark faoliyati, infratuzilmasi va innovatsion loyihalar bilan yaqindan tanishdilar.
Uchrashuv davomida amaliy tadqiqotlar, innovatsion texnologiyalar va ilmiy-ishlab chiqarish yo‘nalishlarida kelgusidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilinib, o‘zaro hamkorlik bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.



