INNOWEEK – 2026 xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida INNO Texnopark hamda Eron Islom Respublikasi vakili bo‘lgan FARAPOYAN ISATIS KNOWLEDGE BASE COMPANY o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.
Mazkur memorandum innovatsiyalar, raqamli texnologiyalar, tadbirkorlik, ta’lim va ilmiy-amaliy hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Hamkorlik doirasida tomonlar tajriba almashish, o‘quv seminarlari va mahorat darslarini tashkil etish, akseleratsiya va inkubatsiya dasturlarini rivojlantirish, shuningdek, xalqaro konferensiyalar va boshqa ilmiy-amaliy tadbirlarni birgalikda o‘tkazish bo‘yicha hamkorlik qilishni rejalashtirgan.
Ushbu kelishuv INNO Texnoparkning xalqaro aloqalarini kengaytirish, innovatsion ekotizimni rivojlantirish hamda istiqbolli loyihalar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.


