“INNO” innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparki hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Kelishuv doirasida robototexnika, dronlar, aviatsiya, raqamlashtirish va sun’iy intellekt yo‘nalishlarida qo‘shma ilmiy-amaliy loyihalarni amalga oshirish, innovatsion yechimlarni ishlab chiqish va ularni amaliyotga joriy etish rejalashtirilgan.
Mazkur hamkorlik ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish salohiyatini birlashtirib, favqulodda vaziyatlar sohasida zamonaviy texnologik yechimlarni rivojlantirishga xizmat qiladi.



