Bugun “INNO” innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkida 12-son bayon asosida kichik ishchi guruh komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarning rezidentlikka talabgor biznes loyihalari ko‘rib chiqildi.
Muhokamalar davomida loyihalarning:
-innovatsionligi va iqtisodiy samaradorligi;
-rivojlanish istiqbollari;
-texnopark yo‘nalishlariga muvofiqligi;
-yangi ish o‘rinlari yaratish salohiyati;
-zamonaviy texnologiyalarni joriy etish imkoniyatlari
hamda texnopark ekotizimiga qo‘shadigan hissiga alohida e’tibor qaratildi.
Ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilinib, rezidentlikka qabul qilish jarayonlarini belgilangan tartibda davom ettirish belgilandi.



