INNO Technopark
Barcha yangiliklar
Yangilik15-oktabr, 2026INNO Texnopark matbuot xizmati

INNO Texnoparkda rezidentlikka talabgor loyihalar ko‘rib chiqildi

INNO Texnoparkda rezidentlikka talabgor loyihalar ko‘rib chiqildi - 1
INNO Texnoparkda rezidentlikka talabgor loyihalar ko‘rib chiqildi - 2
INNO Texnoparkda rezidentlikka talabgor loyihalar ko‘rib chiqildi - 3
INNO Texnoparkda rezidentlikka talabgor loyihalar ko‘rib chiqildi - 4
INNO Texnoparkda rezidentlikka talabgor loyihalar ko‘rib chiqildi - 5
INNO Texnoparkda rezidentlikka talabgor loyihalar ko‘rib chiqildi - 6
1 / 6

“INNO” innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkida rezidentlikka talabgor tadbirkorlarning biznes loyihalarini ko‘rib chiqishga bag‘ishlangan kichik ishchi guruh komissiyasi navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

💡Yig‘ilishda innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarning loyihalari ekspertlar tomonidan muhokama qilinib, ularning texnologik yechimlari, iqtisodiy samaradorligi va rivojlanish istiqbollari baholandi.

Loyihalarni ko‘rib chiqishda quyidagi jihatlarga alohida e’tibor qaratildi:

➡️mahsulot va xizmatlarning innovatsion xususiyatlari;

➡️texnopark faoliyatining ustuvor yo‘nalishlariga muvofiqligi;

➡️zamonaviy texnologiyalarni joriy etish imkoniyatlari;

➡️yangi ish o‘rinlarini yaratish salohiyati;

➡️texnopark ekotizimini rivojlantirishga qo‘shadigan hissasi.

➡️Yig‘ilish yakunida loyihalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. Rezidentlikka qabul qilish bo‘yicha keyingi ishlar belgilangan tartibda davom ettiriladi.

Bizni kuzating