INNO Innovatsion O‘quv-Ishlab Chiqarish Texnoparkiga Korea Lift University vakillari — professor, Lift sohasi bo‘yicha fakultet dekani Mr. Kim Sungjin hamda Xalqaro aloqalar bo‘limi dekani Mr. Sim Jaebok, shuningdek, Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi bosh mutaxassisi Abduvali Berdiev tashrif buyurdi.
Tashrif davomida mehmonlar Texnoparkning faoliyati, ishlab chiqarish zonalari, biolaboratoriyalari hamda akseleratsiya dasturlari bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, tashrif doirasida lift sanoati, innovatsion loyihalar va ishlab chiqarish yo‘nalishlarida istiqbolli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari yuzasidan muzokaralar olib borildi.
Ushbu tashrif kelgusida xalqaro tajriba almashinuvi, yangi loyihalarni amalga oshirish va texnologik hamkorlikni rivojlantirish uchun muhim qadam bo‘ldi.



