⚠ Sayt test rejimida ishlamoqda — ma'lumotlar vaqtinchalik bo'lishi mumkin⚠ Sayt test rejimida ishlamoqda — ma'lumotlar vaqtinchalik bo'lishi mumkin⚠ Sayt test rejimida ishlamoqda — ma'lumotlar vaqtinchalik bo'lishi mumkin⚠ Sayt test rejimida ishlamoqda — ma'lumotlar vaqtinchalik bo'lishi mumkin⚠ Sayt test rejimida ishlamoqda — ma'lumotlar vaqtinchalik bo'lishi mumkin⚠ Sayt test rejimida ishlamoqda — ma'lumotlar vaqtinchalik bo'lishi mumkin
INNO Technopark
Barcha yangiliklar
Yangilik16-iyul, 2026INNO Texnopark matbuot xizmati

Innovatsion hamkorlik sari muhim qadam

Innovatsion hamkorlik sari muhim qadam - 1
Innovatsion hamkorlik sari muhim qadam - 2
Innovatsion hamkorlik sari muhim qadam - 3
1 / 3

Joriy yilning 16-iyul kuni “INNO” innovatsion o‘quv va ishlab chiqarish texnoparkida Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash ofisi direktori A. Sobirxonov hamda Milliy biofarmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti direktori Sh. Azizov o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Memorandum doirasida tomonlar ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalarni rivojlantirish, biofarmatsevtika, biotexnologiya hamda bioishlab chiqarish muhandisligi yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish, innovatsion ishlanmalarni amaliyotga joriy etish, istiqbolli startap g‘oyalari va innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

Shuningdek, kelgusida ilm-fan, innovatsiyalar va yoshlar salohiyatini birlashtirish orqali yangi loyihalar, qo‘shma tashabbuslar hamda samarali amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

Mazkur hamkorlik innovatsion ekotizimni rivojlantirish va yoshlarning ilmiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishga xizmat qiladi.