INNO Texnopark va Qozog‘iston Respublikasining Mukhametjan Tynyshbayev nomidagi ALT universiteti örtasida hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan memorandum imzolandi.
Mazkur memorandum innovatsiyalar, raqamli texnologiyalar, tadbirkorlik, ta’lim va ilmiy-amaliy faoliyat yo‘nalışlarida özaro hamkorlikni kengaytirishni nazarda tutadi.
Hamkorlik doirasida:
-Innovatsion loyihalar va startaplarni qöllab-quvvatlash;
-IT va raqamli texnologiyalar böyiça öquv dasturlari, seminarlar hamda mahorat darslarini tashkil etish;
-Talabalar, mutaxassislar va rezidentlar uchun stajirovka hamda tajriba almashish imkoniyatlarini kengaytirish;
-Xakatonlar, konferensiyalar va boshqa ilmiy-amaliy tadbirlarni birgalikda ötkazish rejalashtirilgan.
Uşbu hamkorlik ikki tomonlama tajriba almashish, innovatsion tashabbuslarni rivojlantirish va ta’lim, ilm-fan hamda ishlab chiqarish örtasidagi aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.



