INNO Technopark
Barcha yangiliklar
Yangilik13-oktabr, 2026INNO Texnopark matbuot xizmati

“KELAJAK MUHANDISLARI” DASTURIGA START BERILDI

“KELAJAK MUHANDISLARI” DASTURIGA START BERILDI - 1
“KELAJAK MUHANDISLARI” DASTURIGA START BERILDI - 2
“KELAJAK MUHANDISLARI” DASTURIGA START BERILDI - 3
“KELAJAK MUHANDISLARI” DASTURIGA START BERILDI - 4
“KELAJAK MUHANDISLARI” DASTURIGA START BERILDI - 5
“KELAJAK MUHANDISLARI” DASTURIGA START BERILDI - 6
1 / 6

“INNO” texnoparkida Mudofaa vazirligi tizimidagi iqtidorli yosh harbiy xizmatchilar uchun “Kelajak muhandislari” inkubatsiya dasturiga start berildi.

Marosimda mudofaa vazirining o‘rinbosari polkovnik Baxrom Urmanov va Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash ofisi direktori Akbarxon Sobirxonov o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Hamkorlik sun’iy intellekt, robototexnika, kiberxavfsizlik va raqamli texnologiyalar bo‘yicha qo‘shma loyihalar, mutaxassislar tayyorlash hamda harbiy xizmatchilarning innovatsion g‘oyalarini prototip va mahsulotgacha rivojlantirishni nazarda tutadi.

Mehmonlar texnoparkning ishlab chiqarish maydonchasi, harbiy yo‘nalishdagi loyihalar va akseleratsiya imkoniyatlari bilan tanishdi.