INNO Technopark
Barcha yangiliklar
Yangilik15-oktabr, 2026INNO Texnopark matbuot xizmati

University of Business and Science talabalari INNO Texnoparkda!

University of Business and Science talabalari INNO Texnoparkda! - 1
University of Business and Science talabalari INNO Texnoparkda! - 2
University of Business and Science talabalari INNO Texnoparkda! - 3
University of Business and Science talabalari INNO Texnoparkda! - 4
University of Business and Science talabalari INNO Texnoparkda! - 5
1 / 5

Toshkent shahrida joylashgan University of Business and Science oliy ta’lim muassasasi talabalari “INNO” innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkida ekskursiyada bo‘lishdi.

Ekskursiya davomida talabalar texnoparkning ishlab chiqarish zonalari, biolaboratoriya hamda robototexnika zonalari bilan yaqindan tanishdilar.

Shuningdek, zamonaviy texnologiyalar, innovatsion ishlanmalar va amaliy ishlab chiqarish jarayonlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Bunday ekskursiyalar yoshlarning ilm-fan va texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishini oshirish, nazariy bilimlarini amaliyot bilan bog‘lash hamda innovatsion fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.