O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda UNCTAD (BMTning Savdo va taraqqiyot bo‘yicha konferensiyasi) hamkorligida amalga oshirilayotgan xalqaro loyiha doirasida xorijiy delegatsiya INNO innovatsion o‘quv ishlab chiqarish texnoparkiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida texnopark bosh direktori Akbarxon Sobirxonov hamda UNCTAD vakillari o’rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda texnopark faoliyati, innovatsion ekotizimni rivojlantirish, istiqbolli loyihalarni qo‘llab-quvvatlash hamda talabalarning startap tashabbuslarini kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, mehmonlar texnoparkda amalga oshirilayotgan innovatsion loyihalar, zamonaviy infratuzilma, laboratoriyalar hamda yoshlar tomonidan ishlab chiqilayotgan startap ishlanmalari bilan yaqindan tanishdilar.
Tashrif yakunida delegatsiya vakillari INNO texnoparkining faoliyati bilan yaqindan tanishib, amalga oshirilayotgan ishlar va yaratilgan imkoniyatlarni yuqori baholadilar.






