INNO innovatsion o‘quv ishlab chiqarish texnoparkiga Italiyaning yetakchi innovatsion markazlaridan biri — ROAD (Rome Advanced District) tashkiloti delegatsiyasi tashrif buyurdi.
Delegatsiya tarkibidan ROAD tashkilotining venchur kapital yo‘nalishi rahbari Paolo Sangalli, Innovation PMO prezidenti Edoardo della Rolle hamda Italiya temir yo‘llari milliy vakili Debora Pimpinilar ishtirok etdi.
Tashrif davomida mehmonlar INNO texnoparkining faoliyati, zamonaviy laboratoriyalari, innovatsion infratuzilmasi hamda yoshlar va startaplarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan loyihalar bilan yaqindan tanishdilar.
Uchrashuvda innovatsiyalar, ilm-fan va texnologiyalar sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, universitetlar, ilmiy markazlar hamda innovatsion ekotizim ishtirokchilari o‘rtasida o‘zaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
🇺🇿🇮🇹Mazkur tashrif O‘zbekiston va Italiya o‘rtasida innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni kengaytirish hamda yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.



