INNO innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkiga Xitoy delegatsiyasi vakili Allan Yang tashrif buyurdi.
Tashrif davomida mehmon texnopark faoliyati, ishlab chiqarish zonalari va mavjud imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi.
Uchrashuvda kelgusidagi hamkorlik istiqbollari, stajirovka dasturlarini yo‘lga qo‘yish, temir yo‘l yo‘nalishida mutaxassislar tayyorlash hamda agrar, tibbiyot, elektromobil va qurilish sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.





