Eng yaxshi g’oya Ilmiy-innovatsion xarakterga ega fikr yoki taklif asoslangan holda prototip holatiga keltirilgan yangilikni anglatadi. Bu biror muammoni hal qilishga yoki mavjud jarayonni yaxshilashga qaratilgan konseptual yondashuv boʻlishi lozim. Gʻoya odatda boshlangʻich bosqichda boʻladi va amaliy qoʻllash darajasiga yetmagan boʻladi. Eng yaxshi loyiha Gʻoya bosqichidan keyingi daraja boʻlib, unda gʻoya amalga oshirish uchun aniq rejalashtirilgan, hujjatlashtirilgan shaklda ifodalanadi. Loyihada aniq biznes-reja, maqsadlar, resurslar, vaqt jadvali, bosqichlar va ehtiyojlar belgilab qoʻyiladi. Loyihalar dastlabki sinov-tajriba bosqichidan o‘tgan, amaliyotga joriy etilayotgan, aniq rejalashtirilgan va amalga oshirish uchun aniq yondashuvlarni oʻz ichiga olgan muhandislik ishlanmalari. Eng yaxshi ixtiro Amaliyotda qoʻllanilishi mumkin boʻlgan yangi, ilgari mavjud boʻlmagan mahsulot, qurilma yoki texnologiyani anglatadi. Ixtirolar odatda maxsus testlardan oʻtgan va patentlangan obyektlar hisoblanadi. Shuningdek, ixtirolar Oʻzbekiston Respublikasining “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida”gi Qonunida koʻrsatilgan asosiy shartlar va talablarga muvofiq boʻlishi lozim.
