“InnoLab” startap akseleratsiya dasturi — ilm-fan, biotexnologiya, oziq-ovqat texnologiyalari, kimyo, tibbiyot, raqamli texnologiyalar hamda boshqa fan yo‘nalishlarida shakllanayotgan innovatsion g‘oyalarni amaliy natijalarga yo‘naltirishga qaratilgan intensiv o‘quv-amaliy akseleratsiya dasturidir. Dastur yosh tadqiqotchilar, ixtirochilar, muhandislar va startap jamoalarining ilmiy-texnik salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning ishlanmalarini texnologik yechim, tajriba namunasi, prototip yoki bozorga mos minimal hayotga layoqatli mahsulot (MVP) darajasiga olib chiqishga xizmat qiladi. Dasturning asosiy maqsadi — ilmiy-texnik va innovatsion g‘oyalarni aniqlash, rivojlantirish hamda ularni real sektor ehtiyojlariga mos, amaliy jihatdan asoslangan, tajriba-sinovdan o‘tgan va tijoratlashtirishga tayyor yechimlar darajasiga yetkazishdan iborat.

Arizangizni hoziroq topshiring
Forma to'ldirish 10–15 daqiqa vaqt oladi. Ariza bepul va majburiyatsiz.