4 сентября 2025 г. 11:16 12
Yangiliklar
Xitoy bilan muhim hamkorlik!

INNO innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparki va Ali Chen boshchiligidagi Xitoyning yirik investorlar delegatsiyasi o‘rtasida strategik hamkorlikka oid memorandum imzolandi. Ushbu memorandum innovatsiya va robototexnika sohalarini rivojlantirish, bu yo‘nalishlarga investitsiyalar kiritish hamda ilg‘or texnologiyalarni jalb etishga qaratilgan. Delegatsiya tashrifi davomida mehmonlar texnopark faoliyati bilan yaqindan tanishib, yoshlar uchun yaratilgan innovatsion muhitni yuqori baholadilar. Bu hamkorlik kelajakda robototexnika yo‘nalishida g‘oyasi bor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, startaplarni rivojlantirish va xalqaro investitsiyalarni keng jalb etishga mustahkam zamin yaratadi.