Inno Innovatsion O‘quv-Ishlab Chiqarish Texnoparki va Qarshi Davlat Texnika Universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Memorandumni QDTU rektori Ne’matov Sh. hamda texnopark bosh direktori Sultanov M. imzoladilar. Ushbu hujjatning asosiy maqsadi – talaba-yoshlarning innovatsion fikrlashini rivojlantirish, ularni amaliy ko‘nikmalar bilan ta’minlash hamda zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlariga keng jalb qilishdir. Shuningdek, “Ginnes rekordi” ishtirokchisi bo‘lgan talaba-yoshlar texnopark faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar. Ular: -ishlab chiqarish zonalari, -robototexnika bo‘limi, -zamonaviy laboratoriya xonalari bilan tanishdilar va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Memorandum aynan yoshlar ishtirokida imzolanganligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Bu esa talabalarni innovatsion loyihalarda faol ishtirok etishga undaydi, universitet va texnopark o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlaydi hamda kelajakda yangi g‘oyalarni hayotga tatbiq etishga xizmat qiladi. Bugungi hamkorlik kelajak avlod uchun katta imkoniyatlar eshigini ochmoqda.