4 сентября 2025 г. 11:27 24
Yangiliklar
Xitoy delegatsiyasi INNO innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkida

INNO innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparki Xitoydan tashrif buyurgan nufuzli delegatsiyani qabul qildi. Tashrif davomida mehmonlar texnoparkning zamonaviy infratuzilmasi, ishlab chiqarish zonalari, robototexnika va avtomatlashtirish bo‘limlari bilan yaqindan tanishdilar Delegatsiya a’zolariga INNO texnoparkida yaratilgan innovatsion sharoitlar, yosh mutaxassislarni tayyorlash jarayoni, startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari hamda ilg‘or texnologiyalar asosida ishlab chiqarish jarayonlari batafsil namoyish etildi Suhbatlar davomida tomonlar kelgusida qo‘shma ilmiy-tadqiqot ishlari, texnologiya almashinuvi va yangi investitsion loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdilar Bunday uchrashuvlar ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash, tajriba almashish va innovatsion rivojlanishga hissa qo‘shishda muhim ahamiyat kasb etadi