4 сентября 2025 г. 11:31 25
Yangiliklar
INNO Innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkida yangi hamkorlik istiqbollari

Bugun texnoparkimizga "YUSYS TECHNOLOGIES" kompaniyasi bosh direktori Zxai Xanbin boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Yusys Technologies — axborot texnologiyalari va moliyaviy sektor uchun innovatsion yechimlar taklif etuvchi yetakchi kompaniya hisoblanadi. Asosiy yo‘nalishlari: ➖Bank va moliyaviy institutlar uchun AKT-yechimlar (onlayn kredit platformalari, smart-bank filiallari, tranzaksiya xavfsizligi) ➖Katta ma’lumotlar tahlili va xavf boshqaruvi (AI va mashinali o‘qitishga asoslangan); ➖AKT-konsalting, dasturiy ta’minot ishlab chiqish, tizim integratsiyasi va texnik qo‘llab-quvvatlash; ➖Moliyaviy AKT-tizimlar uchun testlash va sertifikatlash xizmatlari. Uchrashuv davomida mehmonlar texnopark faoliyati, ishlab chiqarish zonalari va robototexnika bo‘limlari bilan yaqindan tanishdilar. Kelgusida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Bu esa yangi texnologiyalarni joriy etish va innovatsion hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirish sari muhim qadamdir!