INNO innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkiga Xitoy delegatsiyasi tashrif buyurdi. Tashrif davomida mehmonlarga texnopark faoliyati, innovatsion loyihalar va yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Delegatsiya a’zolari ishlab chiqarish zonalari, robototexnika bo‘limlari hamda yoshlar uchun yaratilgan amaliy o‘quv sharoitlari bilan yaqindan tanishib chiqishdi. Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro tajriba almashish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. INNO texnoparki xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va zamonaviy texnologiyalarni joriy etishda faol ishlashda davom etmoqda.