“Inno” Texnopark tashabbusi bilan Xitoyning Uxan shahrida faoliyat yurituvchi ilg‘or robototexnika kompaniyasi — Fairyland Technology Co., Ltd. delegatsiyasi O‘zbekistonga rasmiy tashrif buyurdi. Delegatsiya mamlakatimizning yetakchi sanoat kompaniyalari — UzAuto Motors, BYD Uzbekistan, Kia Motors Uzbekistan va Artel korxonalarida bo‘lib, ishlab chiqarish quvvatlari va texnologik infratuzilmalari bilan yaqindan tanishdi. Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari: - AGV va AMR texnologiyalarini joriy etish - O‘zbekistonda humanoyid robotlar ishlab chiqarish loyihasini boshlash - “Inno” Texnoparkda robototexnika laboratoriyalari va qo‘shma R&D markazini tashkil etish - Xitoylik hamkorlarimiz bilan birga yosh muhandislar uchun robototexnika sohasini yangicha yo‘nalishda o‘qitish va malaka oshirish dasturlarini yo‘lga qo‘yish Eng muhimi, bu yo‘nalishlarga Xitoylik hamkorlar tomonidan investitsiyalar jalb etilishi rejalashtirilmoqda. Bu esa O‘zbekiston sanoati va ta’lim tizimiga yangi sur’at va imkoniyatlar olib keladi. Yakunda tomonlar o‘zaro manfaatli va uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan kelishuvlarga erishdilar. Fairyland Technology ilg‘or texnologiyalari va jalb etiladigan investitsiyalar O‘zbekiston sanoatini modernizatsiya qilish, raqamlashtirish va yangi avlod muhandislarini tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etishi kutilmoqda. “Inno” Texnopark ushbu tashrif orqali xalqaro hamkorlik doirasini kengaytirib, innovatsion taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo‘ydi.