Inno innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkiga Malayziyaning “MlMOS Berhad” tashkiloti delegatsiyasi tashrif buyurdi. Tashrif davomida mehmonlar texnopark faoliyati bilan yaqindan tanishib, ishlab chiqarish zonalari, zamonaviy biolaboratoriyalar hamda robototexnika yo‘nalishidagi imkoniyatlarni ko‘zdan kechirishdi. Uchrashuv jarayonida tomonlar kelgusidagi hamkorlik istiqbollari yuzasidan muzokaralar olib borib, innovatsion loyihalarni birgalikda amalga oshirish masalalarini muhokama qilishdi. Mazkur tashrif xalqaro aloqalarni yanada mustahkamlash va yangi loyihalar uchun muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.