20 мая 2026 г. 14:27 20
Yangiliklar
Yoshlar amaliyotga kirishdi

Inno innovatsion o‘quv ishlab chiqarish texnoparkida Chilonzor tuman 1-son texnikumi o‘quvchilari o‘quv-amaliyot jarayonlarini boshlashdi. Amaliyot davomida o‘quvchilar zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalari bilan yaqindan tanishib, o‘z nazariy bilimlarini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Bu esa ularning kelajakdagi kasbiy faoliyati uchun muhim tajriba bo‘lib xizmat qiladi.