Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov “INNO” innovatsion o‘quv va ishlab chiqarish texnoparkiga muhandislik yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar va yosh startapchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tadbir doirasida vazir sohani takomillashtirishga qaratilgan so‘nggi islohotlar haqida to‘xtalib, muhim yangilikni e’lon qildi. Davlat rahbarining farmoniga muvofiq yangi tashkil etilgan Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash ofisi direktorligiga Akbarxon Sobirxonov tayinlandi.