Tashrif doirasida mehmonlar: — Hududiy siyosat boshqarmasi boshlig‘i Lee Sang-Su — Xorijiy hamjamiyat bo‘limi boshlig‘i Heo Jae-xeo — Mutaxassis Lee Han-sol — Global hamkorlik bo‘limi rahbari Kim Yang-Jin — Katta tadqiqotchi Lee Ji-hyun — Mas’ul tadqiqotchi Kim Young-min Delegatsiya a’zolari Inno texnopark direktori Sobirxonov Akbarxon bilan uchrashuv o‘tkazib, o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan muzokaralar olib bordilar. Shuningdek, mehmonlar texnopark faoliyati bilan yaqindan tanishib, ishlab chiqarish zonalari, innovatsion loyihalar va zamonaviy texnologik jarayonlar bilan tanishdilar. Mazkur tashrif ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, tajriba almashish va yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.