20 мая 2026 г. 14:32 18
Yangiliklar
Hamkorlik yo'lida muhim qadam

“Inno” innovatsion o‘quv ishlab chiqarish texnoparkida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish yo‘lida muhim qadam. Texnopark hamda DASAN DMC CO., LTD o‘rtasida o‘zaro hamkorlik Memorandumi (MOU) imzolandi. Memorandum doirasida tomonlar: — qo‘shma ilmiy, innovatsion va investitsiya loyihalarini amalga oshirish — raqamli iqtisodiyot va zamonaviy AKT yo‘nalishlarida hamkorlik qilish — tajriba va bilim almashish — ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish — istiqbolli rivojlanish dasturlarini birgalikda ishlab chiqish Shuningdek, xalqaro grantlar, konferensiyalar, seminarlar va ko‘rgazmalarda birgalikda ishtirok etish rejalashtirilmoqda. Ushbu hamkorlik innovatsion rivojlanish va xalqaro aloqalarni yangi bosqichga olib chiqadi.