18 июня 2026 г. 15:00 13
Yangiliklar
INNO Innovatsion O‘quv Ishlab Chiqarish Texnoparkida Xitoy kompaniyalari delegatsiyasi tashrifi bo‘lib o‘tdi

INNO Innovatsion O‘quv Ishlab Chiqarish Texnoparkiga Xitoyning Qinkai Group, RTCO Company hamda Xiamen Seebest Technology Co., Ltd kompaniyalari delegatsiyasi tashrif buyurdi. Tashrif davomida xorijiy mehmonlar texnopark faoliyati, zamonaviy ishlab chiqarish zonalari hamda amalga oshirilayotgan innovatsion loyihalar bilan yaqindan tanishdilar. Uchrashuv doirasida tomonlar o‘rtasida kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va tajriba almashish masalalari yuzasidan muzokaralar olib borildi. Shuningdek, delegatsiya vakillari tomonidan o‘z kompaniyalari faoliyati va hamkorlik doirasida amalga oshirish mumkin bo‘lgan istiqbolli loyihalar bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi. Tashrif davomida Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash ofisi bilan yoshlar uchun amaliyot dasturlarini tashkil etish hamda yangi imkoniyatlar yaratish bo‘yicha fikr almashildi. Mazkur tashrif xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va innovatsion ekotizimni yanada mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.