“INNO” innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkida amaliyot o‘tagan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti talabalari o‘zlarining bitiruv malakaviy ishlari va loyihalarini muvaffaqiyatli himoya qildilar. Talabalar “INNO” innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkida amaliyot o‘tash jarayonida texnoparkning muhandislik va ishlab chiqarish yo‘nalishlaridagi faoliyati bilan yaqindan tanishib, innovatsion loyihalar ustida ishlash, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish hamda amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Diplom himoyasi jarayonida talabalar tomonidan taqdim etilgan innovatsion g‘oyalar va texnik yechimlar mutaxassislar tomonidan yuqori baholandi. “INNO” innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparki yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy-texnik salohiyatini rivojlantirish hamda amaliy ko‘nikmalarini oshirish yo‘lida samarali hamkorlikni davom ettiradi. Barcha bitiruvchilarni diplom himoyasidan muvaffaqiyatli o‘tganliklari bilan tabriklaymiz va kelgusi faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaymiz!