21 октября 2024 г. 9:13 47
Yangiliklar
Italiyalik olim Michele Zema ishtirokida seminar bo'lib o'tdi.

INNO innovatsion o'quv ishlab chiqarish texnoparkida Italiyaning Bari universiteti professori "Kristallografiya global miqyosda tadqiqot va ta'limni rag'batlantirish vositasi sifatida" nomli o'quv - amaliy mashg'ulotini o'tkazdi. Michele Zema - butun dunyo bo'ylab kristallografiyani rivojlantirish bo'yicha tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda. 25 dan ortiq mamlakatda maktablari va laboratoriya tarmog'i bo'lgan IUCr- UNESCO Openlab va Afrikaning X-Techlabning ilmiy direkori hisoblanadi.