27 октября 2024 г. 20:15 12
Yangiliklar
"Yosh olimlarning zamonaviy ixtirolari va innovatsion tadqiqotlari" mavzusida loyiha ko'rgazmasi tashkil etildi.

“Inno” innovatsion o‘quv ishlab chiqarish texnoparkida yosh innovator olimlarning eng yangi loyihalari namoyishi boʻlib oʻtdi. Bu tadbir yoshlarning ilm-fan va texnologiyalar sohasidagi ijodiy ishlanmalarini keng ommaga taqdim etish, ularni qo‘llab-quvvatlash va investorlar bilan bog‘lash maqsadida o‘tkazildi. Ko‘rgazmada Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazir o‘rinbosari O.Mahkamov, talaba-yoshlar, Innotexnopark rezidentlari, tadbirkorlar hamda investorlardan iborat katta auditoriya ishtirok etdi.