INNO Innovatsion o‘quv va ishlab chiqarish texnoparki

"INNO" innovatsion o'quv-ishlab chiqarish texnoparki O'zbekiston Respublikasidagi eng yirik texnoparklardan bir hisoblanib, 2022-yil yanvar oyida o'z faoliyatini to'liq tartibda boshladi. Texnopark ishonchli boshqaruvi dastlab Turkiyaning nufuzli "Yildiz" texnoparkining O'zbekistondagi ishonchli vakili "D&B Masters" kompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan bo’lib, hozirgi kunda o’zini o’zi boshqarish tizimiga o’tgan. Toshkent shahrida joylashgan ushbu texnopark yoshlar, olimlar hamda tadbirkorlik subyektlarining o'z loyihalarini va g'oyalarini amalga oshirish va rivojlantirish uchun barcha sharoitlarga ega, zamon talablariga javob beruvchi eng so'ngi rusumdagi jihozlangan o'quv va ishlab chiqarish texnoparki hisoblanadi.

Inno texnoparki hududi - bir nechta maydonlarga bo`lingan bo`lib, unda turli loyihalarni amalga oshirish uchun barcha sharoitlar mavjud. Texnopark 1 - qavati 4 qismga bo`lingan bo`lib, unda ishlab chiqarish zonasi, Biotexnologik laboratoriya, Standartlashtirish laboratoriyasi, Elektronika va robototexnika xonalari mavjud. Shuningdek, texnoparkda startap egalari uchun ofislar, Kovorking zonalari, seminar va treninglar o`tkazish uchun xonalar, konferens zallari, oshxona va fitness zali mavjud. Hozirgi kunda texnoparkning ishlab chiqarish hududida 26 ta zamonaviy ishlab chiqarish dastgohlari mavjud bo'lib, ularda texnopark mutaxassislari va ijara asosida tadbirkorlar faoliyat ko'rsatmoqda

Ishlab chiqarish zonasi - 1383 m2 maydonga ega bo'lib, qo'shimcha qiymatli ishlab chiqarishni amalga oshirish uchun yuqori texnologiyali mashinalar bilan to'liq jihozlangan.  Ushbu hududda metallga ishlov berish, yog'ochga ishlov berish, qo'shimcha qismlar ishlab chiqarish va mexanik ishlov berish usullaridan foydalangan holda polimer plastmassalarni qayta ishlash imkoniyati mavjud.
• Ishlab chiqarish zonasida eng yangi jahon standartlariga javob beradigan 50 dan ortiq turdagi uskunalar mavjud.
• Shuningdek, ushbu hudud virtual reallik loyihalaringiz uchun toʻliq jihozlangan VR zonasini oʻz ichiga oladi.
• Bu yerda siz innovatsion loyihalaringiz uchun oʻz ishlab chiqarishingizni boshlashingiz yoki mahsulotga buyurtma berishingiz mumkin.

Robototexnika zonasi - elektron va robototexnika loyihalarini o‘qitish va amalga oshirish uchun 3 ta zonaga bo‘lingan.
• Birinchi zona elektronika xonasi bo'lib, u bosma platalarni loyihalash va yig'ish va boshqa robot uskunalaridan foydalanish uchun mo'ljallangan. Bosma platalarni loyihalash yig'ish ustaxonasi antistatik stollar, elektron mikroskoplar, avtomatik bosma platalarni yig'ish mashinalari, komponentli payvandlash mashinalari,  zaharli havoni tortib olish filtrlari va boshqa qurilmalar bilan jihozlangan.
• Ikkinchi zona ikkita eng mashhur jahon brendlari KUKA va FANUC sanoat robotlari bilan jihozlangan. Shuningdek, maxsus korgazma. Oquv mashg`ulotlari va tadbirlar uchun faoliyat maydoni mavjud.
• Uchinchi zona robototexnika kurslariga bagʻishlangan boʻlib, u yerda barcha eng soʻnggi robot qismlari mavjud va ular dizayndan tortib ishlab chiqarishgacha robotlarni yaratishni oʻrgatadi.

Koworking Zonasi - o’z startup loyihalariga ega bo’lgan innovatorlar Oliy ta'lim muassasasi talabalari uchun 150 kishiga mo'ljallangan ofislar, kovorking zonalari, seminar va treninglar o’tkazish uchun xonalar mavjud

Standartlash Zonasi - Milliy va xalqaro standartlarga muvofiq mahsulot yoki xizmatni ishlab chiqish bozorda o'z o'rnini egallashni osonlashtiradi. INNO texnoparkidagi standartlashtirish zonasi yoshlar g‘oyalarini standartlarga javob beradigan darajaga olib chiqishga xizmat qiladi.

Standartlashtirish zonasi asosan polimer va metall jismlarni standartlashtirish yoki sinovdan o'tkazish uchun mo'ljallangan bo'lib, bir nechta turdagi sinovlarni o'tkazish uchun barcha zarur jihozlarga ega. Shuningdek, shu turdagi boshqa ko'plab qurilmalar mavjud bo'lib, ushbu zonada ishlashni xohlaydiganlar uchun barcha zarur shart-sharoitlar mavjud.

Standartlashtirish zonasi INNO texnoparkida faoliyat yuritishni istaydigan yosh tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatishga tayyor. Bundan tashqari, soha kompaniyalari ham ushbu xizmatdan foydalanishlari mumkin bo'ladi

Biotexnologiyalar laboratoriyasi
Inno texnoparki hududi bir nechta maydonlarga bolingan bolib, unda turli loyihalarni amalga oshirish uchun barcha sharoitlar mavjud.Ushbu maydonlardan biri biotexnologiyalar laboratoriyasi bolib, u 680m2 maydonga ega va ikki qismdan tashkil topgan.Birinchisi umumiy laboratoriya bo’lib, unda 60 turdan ortiq jihozlar mavjud va eng oxirgi modeldagi elektron mikroskoplar, pnevmatik kameralar, -80 gradusgacha sovutadigan muzlatgichlar, ventilyatsion moslamalar va plitalar bilan jihozlangan.

Shuningdek tuproqshunoslik laboratoriyasida tuproqlar unumdorligni tahlil qilish, unga ekish mumkin bolgan narsalarni aniqlashtirish va shu uslubdagi boshqa koplab turli tahlillarni amalga oshirish mumkin.
Siz oz loyihangizni amalga oshirish uchun ushbu uskunalardan bemalol foydalanishingiz mumkin.

Office Zonasi

O’quv Dars Xonalari

Qo’shimcha imkoniyatlar