Texnopark bosh direktori Mansurbek Sultanov va institut ijrochi direktori Baxodirov Azizbek o'zaro hamkorlik memorandumini imzoladi
Ushbu hamkorlik kelgusida zamonaviy texnologiyalar va robototexnika, raqamli texnologiyalar sohasida ilmiy- tadqiqot ishlarini olib borish va o'zaro tajriba almashish imkonini beradi
Shuningdek, fan va texnikaning rivojlanishiga, professor- o'qituvchilar hamda talaba- yoshlarning o'zaro hamkorligini o'rnatishga zamin yaratadi.
Mazkur hamkorlik shartnomasini imzolashdan ko’zlangan asosiy maqsad, talabalarga faqat til o’rgatish bilan cheklanib qolmay, ularni kasbga yo’naltirish, amaliy ko’nikmalarini rivojlantirishdan iborat.
Memorandumga ko’ra hamkor tomonlar:
• texnik soha bilan bog'liq barcha yo'nalishlar va mutaxassisliklar bo’yicha kadrlarni birgalikda tayyorlashda hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirishga ko'maklashish;
• kompaniyalarning xorijiy vakillari bilan amaliyot o’tkazish, innovatsion yo'nalishlar bo’yicha startaplar, loyihalarni ishga tushirish, nazariy va amaliy bilimlar almashish orqali texnologiya bo'yicha to'plangan tajribadan foydalanish, qisqa muddatli o'quv yoki ma'ruza kurslari, professional seminarlar, biznes o'yinlari, treninglar, fan bo'yicha mahorat darslarini tashkil etish;
• texnik soha bilan bog’liq barcha yo'nalishlarda bakalavr va magistrlarning ishlab chiqarish va ilmiy amaliyotini tashkil etishda yordam ko’rsatish, talabalar, ilmiy-pedagog xodimlar ishlab chiqarish, o'quv laboratoriyasi, ilmiy amaliyoti yoki stajirovkalarini tashkil etishga ko'maklashish;
• ilmiy-pedagog kadrlar, xodimlar yoki mutaxassislarning malakasini oshirish va kasbiy qayta tayyorlashni tashkil etish;
• ishlab chiqarishni optimallashtirish, ilmiy asoslangan va ishonchli axborot asosida ilmiy maqolalar chop etish;
• mutaxassislar almashinuvida yordam berish, qo'shma tadqiqot loyihalarini amalga oshirish;
• milliy va xalqaro konferensiyalar, simpoziumlar va davra suhbatlarini tashkil etish, yosh mutaxassislarni rag’batlantirish uchun ommaviy yoshlar tadbirlarini (tanlovlar, sport musobaqalari, ijodiy tadbirlar va ixtisoslashtirilgan kechalar) o'tkazish kabi masalalar bo’yicha kelishuvlarga erishdi.
Quvonarlisi, memorandum imzolangan kunning o’zidayoq 3 nafar O’zDJTU talabasi o’z ish amaliyotini boshladi.
Joriy yilning 16 may kuni Dr Robert Harder boshchiligidagi bir guruh professor - o'qituvchilar va mutaxassislar texnoparkdagi ishlab chiqarish jarayonlari, yoshlarning innovatsion ixtiro va ishlanmalari bilan tanishdilar.
Tashrif davomida George Fox Universiteti (AQSh) va INNO innovatsion o'quv- ishlab chiqarish texnoparki o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Ushbu hamkorlik ikki davlat o'rtasida ta'lim, fan, innovatsiya sohasidagi hamkorlikni amalga oshirish hamda tajriba almashish imkonini beradi. Shuningdek, kelgusida muhandislik va ilmiy-akademik hamkorlikni rivojlantirishga zamin yaratadi.
INNO innovatsion o'quv ishlab chiqarish texnoparki direktori Janubiy Koreya Respublikasiga xizmat safarini amalga oshirmoqda. Tashrif davomida "Gyeong- Buk Techno Park" binosida INNO innovatsion o'quv ishlab chiqarish texnoparkining Koreyadagi yangi ofisi rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tdi.
Gyeongbuk TechnoParki bugungi kunda mahalliy sanoatni rivojlantirish, biznesni qo'llab-quvvatlash, innovatsiyalarning markazi sifatida mahalliy iqtisodiyot rivojiga hissa qo'shib kelmoqda. Shuningdek, korxonalar, universitetlar, ilmiy tadqiqot institutlari hamkorligini ham ta'minlaydi.
Shundan so'ng Koreya Respublikasining ilmiy- tadqiqot markazlari, universitetlari bilan o'zaro hamkorlikni yo'lga qo'yish yuzasidan muzokaralar amalga oshirildi va memorandum imzolandi.
Memorandum "Gyeongbuk TechnoPark" ijro etuvchi direktori Ha In Su va INNO innovatsion o'quv-ishlab chiqarish texnoparki bosh direktori Mansur Sultonov tomonidan imzolandi.
Koreya Respublikasi va O'zbekiston texnoparklari o'rtasida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, axborot almashish, ikkala mamlakat uchun eksport faoliyatini soddalashtirish va investitsiyalarni jalb qilish maqsadida ma'muriy qo'llab- quvvatlash o'rin olgan
Shuningdek, iqtidorli yoshlarning loyihalarini qo'llab- quvvatlash, tadbirkorlarni innovatsion faoliyatga keng jalb qilish yuzasidan tajriba almashish ko'zda tutilgan. Ushbu hamkorlik innovatsion, ilmiy- texnikaviy faoliyatni qo'llab - quvvatlash va rivojlantirishda muhim o'rin tutadi.
Ushbu hamkorlik kelgusida innovatsion madaniyatning rivojlanishiga, kadrlar tayyorlash sifatining oshishiga, shu qatorda, ta’lim, fan va ishlab chiqarish oʻrtasidagi aloqalarning mustahkamlanishiga xizmat qiladi.Talabalar, universitet olimlari hamda texnopark bilan hamkorlikda yangi loyihalarni amalga oshirish imkonini beradi.
Bunda tomonlar mutaxassislarni tayyorlash va malakasini oshirish, ishlab chiqarish jarayoniga yangi innovatsion g‘oyalar va texnologik ishlanmalarni joriy etishni amalga oshiradi.
Shuningdek, innovatsion faoliyat - yangi ishlanmalarni tashkil etishda, yosh innovatorlarni kashf qilishda muhim omil bo'lib xizmat qiladi.
Ushbu hamkorlik kelgusida innovatsion madaniyatning rivojlanishiga, kadrlar tayyorlash sifatining oshishiga, shu qatorda, ta’lim, fan va ishlab chiqarish oʻrtasidagi aloqalarning mustahkamlanishiga xizmat qiladi.Talabalar, universitet olimlari hamda texnopark bilan hamkorlikda yangi loyihalarni amalga oshirish imkonini beradi.
Bunda tomonlar mutaxassislarni tayyorlash va malakasini oshirish, ishlab chiqarish jarayoniga yangi innovatsion g‘oyalar va texnologik ishlanmalarni joriy etishni amalga oshiradi.
Shuningdek, innovatsion faoliyat - yangi ishlanmalarni tashkil etishda, yosh innovatorlarni kashf qilishda muhim omil bo'lib xizmat qiladi.
Joriy yilning 13-mart kuni Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi INNO innovatsion oʻquv va ishlab chiqarish texnoparkida ilgʻor muhandislik maktabini tashkil etish, maktabgacha va maktab hamda oliy taʼlim muassasalari, olimlar va oddiy aholi orasidan innovatorlarni kashf qilish, talabalar, universitet olimlari hamda zavod bilan hamkorlikda yangi loyihalarni amalga oshirish maqsadida I.Karimov nomidagi Toshkent Davlat texnika universiteti, Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar huzuridagi INNO innovatsion oʻquv va ishlab chiqarish texnoparki, Toshkent Traktor zavodi (Agro tech claster) va UMPT (UzautoMotors Powetrain) korxonasi oʻrtasida memorandum imzolandi.
INNO innovatsion oʻquv va ishlab chiqarish texnoparki Oʻzbekiston Respublikasidagi eng yirik texnoparklardan bir hisoblanib, 2022-yil yanvar oyida ishga tushirilgan. Ushbu texnopark – yoshlar, olimlar hamda tadbirkorlik subyektlarining oʻz loyihalarini va gʻoyalarini amalga oshirish va rivojlantirish uchun barcha sharoitlarga ega, zamon talablariga javob beruvchi, eng soʻnggi rusumda jihozlangan oʻquv va ishlab chiqarish texnoparki hisoblanadi.
Tadbir qatnashchilari texnopark hududidagi zamonaviy ishlab chiqarish dastgohlari, innovatsion salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan kovorking zonasi va robototexnika va elektronika, biotexnologiya, standartlashtirish va metrologiya laboratoriyalari faoliyati bilan tanishdi va kelgusidagi loyihalar belgilab olindi.