Sultanov Mansurbek Qilichovich

Bosh direktor

Seshanba kuni soat 16.00 dan 18.00

+998555150955

info@innotechnopark.com

Tarjimai hol

1981 yil Xorazm viloyati Bogʻot tumanida tugʻilgan. Millati oʻzbek.

Maʼlumoti

Oliy, texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent

2000-2004-y. Urganch davlat universitetini tamomlagan.

2006-yilda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti magistratura bosqichini tamomlagan.

Mehnat faoliyati

Dastlabki faoliyatini 2002-yilda "ZEF/UNESCO" xalqaro ilmiy tadqiqotlar markazida asisstent vazifasida boshlagan.

2007-yilda Urganch davlat universiteti Texnologiya kafedrasi o’qituvchisi va keyinchalik Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti qoshidagi Eco GIS markazi labaratoriyasi mudiri sifatida faoliyat yuritgan.

2007-yilda Urganch davlat universiteti Texnologiya kafedrasi o’qituvchisi va keyinchalik Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti qoshidagi Eco GIS markazi labaratoriyasi mudiri sifatida faoliyat yuritgan.

2010-2012-yillar davomida Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti maxsus laboratoriya mudiri va muhandis, 2012-2018 yillarda Turin politexnika universiteti umumtexnika fakulteti dekani, 2018-2019 yillarda esa shu universitetning oʻquv-uslubiy va ilmiy boʻlim boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan. Shu bilan bir vaqtda 2014-2020- yillarda CLAAS va MAN akademiyasining O’zbekistondagi kordinatori bo’lgan

2019-yildan 2024- yilga qadar faoliyatini Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida taʼlimni kredit tizimini boshqarish boʻlimi boshligʻi, akademik faoliyat va registrator boshqarmasi boshligʻi, taʼlim sifatini nazorat qilish boshqarmasi boshligʻi va “Universitet 4.0” transformatsiya markazi direktori kabi vazifalarda faoliyat olib borgan.

2024- yil boshidan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi “Inno” innovatsion oʻquv-ishlab chiqarish texnoparki bosh direktori lavozimida ishlab kelmoqda.