24-Dekabr, 2024-yil 13:52 83
Yangiliklar
Inno innovatsion o’quv ishlab chiqarish texnoparkiga bitiruvchi talabalar tashrif buyurdi

Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universitetining elektronika va avtomatika muhandisligi fakulteti, elektron apparatlar ishlab chiqarish kafedrasi o’qituvchisi Ergashev Azizjon va bitiruvchi talabalari Inno innovatsion o’quv ishlab chiqarish texnoparkida loyiha amaliyoti o’tkazishdi. Talabalar amaliyotda suyuqlikni kerakli miqdorda quyib beradigan qurilmani yasashdi. Talabalar ushbu amaliyot bo’yicha diplom himoya qilishadi.