13-Yanvar, 2025-yil 13:04 30
Yangiliklar
Inno innovatsion o’quv ishlab chiqarish texnoparkida dual ta’lim asosida tashkil etilgan amaliyot jarayonlari davom etmoqda!

Ushbu amaliyot davomida talaba yoshlarga payvandlash apparati orqali elektrodlarni samarali va to‘g‘ri foydalanish usullari o‘rgatildi. Natijada talabalar payvandlash texnologiyasi bo‘yicha nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘lib, sifatli payvandlashni ta’minlash sirlarini o‘zlashtirdilar. Shuningdek, ular materiallar bilan ishlashda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, elektrodlarning turli xil turlarini tanlash va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha tajriba orttirdilar. Bu esa ularga kelajakda malakali mutaxassis bo‘lish yo‘lida katta yordam beradi.