Texnoparkda ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi yangi yutuqlarni o’rganayotgan talaba-yoshlarimiz biotexnologiya sohasida amaliy tajriba orttirmoqda. Toshkent kimyo-texnologiya instituti doktorant va magistr talabalari o’z ilmiy izlanishlarini olib borishmoqda va yuqori texnologiyalarga asoslangan tajribalar o’tkazishmoqda. Ushbu amaliy mashg’ulotlar, ularning kelajakdagi ilmiy faoliyatlari uchun muhim poydevor bo’lib xizmat qiladi. Innovatsiyalarni o’rganish va ilm-fan sohasida yetakchi mutaxassislar bo’lish yo’lida qilinayotgan har bir qadam yoshlarning muvaffaqiyatli kelajagiga ishonch bag'ishlaydi.