4-Fevral, 2025-yil 16:49 106
Yangiliklar
Inno Innovatsion O'quv Ishlab Chiqarish Texnoparkida Hamkorlik yuzasidan uchrashuv

Bugun Inno innovatsion o'quv ishlab chiqarish texnoparkiga Rossiya Federatsiyasi va O'zbekiston bilan hamkorlikda tashkil etilgan ilg‘or ko‘nikmalarni rivojlantirish markazi – "Tortishish nuqtasi" («Точка притяжения») vakili tashrif buyurdi. Ushbu tashrif doirasida yangi texnologiyalar, ta'lim sohasidagi innovatsiyalar va kelajakdagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Ushbu tashrif bizning texnoparkimizga global innovatsiyalarni joriy etish va yoshlarni ilg‘or ko‘nikmalar bilan ta'minlashda katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Kelajakda birgalikda amalga oshiradigan loyihalar bizning ta'lim tizimimizni yanada zamonaviy va samarali qilishga yordam beradi.