7-Fevral, 2025-yil 13:37 100
Yangiliklar
Inno Innovatsion O'quv Ishlab Chiqarish Texnoparkida Toshkent Kimyo-Texnologiya Instituti talabalari o’quv amaliyot jarayonlari davom etmoqda!

Texnoparkda talabalar nafaqat nazariy bilimlarni mustahkamlash, balki amaliy tajriba orttirish imkoniyatiga ega bo’lishmoqda. Bu amaliyot jarayoni yosh mutaxassislarning kelajakdagi karyeralariga mustahkam poydevor yaratishga yordam beradi. Talabalarimizning o'qish jarayonini yanada sifatli va zamonaviy qilish maqsadida, Texnoparkda eng so'nggi texnologiyalar bilan tanishish va ishlash imkoniyatlari taqdim etilmoqda. Shuningdek, bu yerda o'qish va ishlab chiqarish jarayonlarini birlashtirish, kelajakda ilg'or innovatsion loyihalarni yaratish uchun imkoniyatlar ochiladi.