14-Fevral, 2025-yil 17:45 67
Yangiliklar
Inno innovatsion o'quv ishlab chiqarish texnoparkida Oʻzbekiston-Koreya sanoat mutaxassislarini rivojlantirish bo‘yicha Memorandum imzolandi

Inno innovatsion o'quv ishlab chiqarish texnoparkida, Oʻzbekiston va Koreya o'rtasida sanoat mutaxassislarini rivojlantirish bo'yicha muhim bir qadam qo'yildi.Texnopark va Koreyaning AKITA (Korea Institution for International Industrial Cooperation)o'rtasida o'zaro anglashuv memorandum imzolandi Imzolangan memorandum orqali ikki tomon sanoat va texnologiya sohasida hamkorlikni kuchaytirib, mutaxassislar tayyorlash,malaka oshirish va innovatsion loyihalarni birgalikda amalga oshirishni rejalashtirmoqda Memorandumni Inno texnoparkining bosh direktori Sultanov Mansurbek Qilichovich va AKITA va KIIIC direktorlar kengashi raisi OK-RAE CHONG imzoladilar Ushbu hamkorlik O'zbekiston sanoatining zamonaviy texnologiyalar bilan rivojlanishiga xizmat qiladi va Koreya tajribasidan samarali foydalanish imkoniyatlarini yaratadi