3-Mart, 2025-yil 16:23 178
Yangiliklar
Inno Texnoparki va Xitoy delegatsiyasi o‘rtasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi!

Inno innovatsion o‘quv ishlab chiqarish texnoparkiga Xitoyning Urban Development Research and Consultation direktori Jianbo Peng boshchiligidagi BEIJING TSINGHUA TONKHENG URBAN PLANNING & DESIGN INSTITUTE delegatsiyasi tashrif buyurdi. Mehmonlar texnoparkning faoliyati bilan yaqindan tanishib, innovatsion loyihalar, ishlab chiqarish jarayonlari va talabalarning amaliy mashg‘ulotlarini kuzatishdi. Tashrif davomida ikki tomonlama ilmiy-texnik hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi, innovatsion texnologiyalar almashinuvi va qo‘shma loyihalar bo‘yicha fikr almashildi.