3-Mart, 2025-yil 16:25 202
Yangiliklar
Vengriyaning John von Neumann Universiteti vakillari INNO innovatsion o’quv ishlab chiqarish texnoparkga tashrif buyurishdi

Tashrif doirasida: - Mr. Szaboles Szemerey – universitetning strategik direktori - Mr. Erno Keskeny – universitetning strategik maslahatchisi, sobiq tashqi ishlar vazirligining komissari - Mr. Kohi Habib – xalqaro aloqalar bo‘limi rahbari ishtirok etishdi. Mehmonlar texnoparkning ishlab chiqarish zonalari, robototexnika laboratoriyalari bilan tanishib, texnopark faoliyati haqida batafsil ma’lumot oldilar. Tashrif davomida texnopark bosh direktori Mansurbek Sultanov va Universitet vakillari ikki tomonlama hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildilar. Ushbu hamkorlik kelajakda innovatsion texnologiyalar sohasida yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi!