4-Mart, 2025-yil 15:53 175
Yangiliklar
INNO innovatsion o’quv ishlab chiqarish texnoparkida Xitoyning yirik kompaniyalari bilan B2B uchrashuvlari

Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi Milliy ofisi tomonidan INNO innovatsion o’quv ishlab chiqarish texnoparkida Xitoyning yirik kompaniyalari bilan B2B uchrashuvlari tashkil etildi. Ushbu uchrashuvlar ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, tajriba almashish va yangi innovatsion loyihalarni yo‘lga qo‘yish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi. Muzokaralar davomida zamonaviy texnologiyalar, ishlab chiqarish jarayonlarini modernizatsiya qilish hamda kelajakdagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.Bu esa mamlakatimizda innovatsion ekotizimini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.