4-Mart, 2025-yil 15:55 202
Yangiliklar
INNO TEXNOPARKGA J SMART SOLUTION CORP. (SOUTH KOREA) TASHRIFI!

J SMART SOLUTION CORP. kompaniyasi (Janubiy Koreya) vakillari INNO Innovatsion O‘quv-Ishlab Chiqarish Texnoparkiga tashrif buyurdi. Delegatsiya tarkibida LEE JANG HYUN (Tadqiqot Instituti Direktori, Muhandislik fanlari bo‘yicha Ph.D. nomzodi) ishtirok etdi. Tashrif davomida INNO Texnopark bosh direktori Sultanov Mansurbek mehmonlarni texnopark faoliyati, innovatsion loyihalar hamda ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishtirdi. Shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.