Oxbridge xalqaro maktabining boshlang‘ich sinf o‘quvchilari INNO Innovatsion O‘quv-Ishlab Chiqarish Texnoparkiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida yosh mehmonlar texnoparkdagi qiziqarli startap loyihalar, robototexnika zonalari, zamonaviy laboratoriyalar va innovatsion texnologiyalar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar. Ilm-fanga bo‘lgan qiziqish bolalikdan shakllanadi! Ushbu tashrif yosh avlodning innovatsiyaga bo‘lgan mehrini oshirish, ularning ijodiy fikrlashini rivojlantirish va kelajakdagi kasb tanlovida ilhom bag‘ishlashga xizmat qiladi. Kelajak innovatorlari uchun eshiklarimiz doimo ochiq!