Inno innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparki Sloveniya Savdo-sanoat palatasi ijrochi direktori Marjana Majeric boshchiligidagi ishbilarmonlar delegatsiyasini qabul qildi. Uchrashuv doirasida delegatsiya vakillari hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov ishtirokida ochiq muloqot va samarali muzokaralar olib borildi. Tomonlar o‘zaro hamkorlik istiqbollari, innovatsion loyihalar va ta’lim-ilmiy muhitni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar. Delegatsiya vakillari texnopark faoliyati, ishlab chiqarish zonalari, amalga oshirilayotgan loyihalar hamda yosh innovatorlarning ishlanmalari bilan yaqindan tanishdilar. Ular texnoparkda yaratilgan imkoniyatlar, infratuzilma va ilmiy-texnik muhitga yuqori baho berishdi. Uchrashuv yakunida tomonlar kelgusida innovatsion hamkorlikni kengaytirish borasida o‘zaro fikr almashdilar.