2-May, 2025-yil 11:13 67
Yangiliklar
TIQXMMI talabalari INNO texnoparkda dual ta’lim asosida amaliyot o‘tamoqda!

INNO innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti talabalari o‘z kasbiy yo‘llarini amaliyot orqali mustahkamlashda davom etmoqda! Dual ta’lim modeli asosida tashkil etilgan o‘quv-amaliyot mashg‘ulotlari orqali talabalar: - zamonaviy texnologiyalar bilan ishlashni o‘rganmoqda - haqiqiy ishlab chiqarish muhitida tajriba to‘plamoqda - kelajakdagi kasbiy yo‘nalishini aniq belgilamoqda Bu nafaqat o‘qish, bu – o‘sish! Har bir amaliy kun – bu yangi bilim, yangi ko‘nikma va kuchliroq kelajak sari dadil qadamdir. INNO texnoparki – bilim va innovatsiyaning tutash nuqtasi!