2-May, 2025-yil 11:55 65
Yangiliklar
Koreya delegatsiyasi Inno texnoparkida!

Inno innovatsion o‘quv ishlab chiqarish texnoparki Koreya Respublikasining nufuzli tashkilotlari vakillarini qabul qildi. Delegatsiya tarkibida: Jihyun Kim – Research Fellow, STEPI Wangdong Kim – Senior Research Fellow, STEPI Jiyong An – Senior Researcher, STEPI Deok Soon Yim – Senior Research Fellow, (sobiq) STEPI Yangjin Kim – Director, Gyeongbuk Technopark Mehmonlar texnoparkimizdagi ishlab chiqarish zonalari, zamonaviy laboratoriyalar va o‘quv jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. Tashrif davomida ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Innovatsiyalar orqali birgalikda kelajakka yo‘l olamiz!