Festival doirasida ishtirokchilar: 3D modellashtirish bo‘yicha musobaqada o‘z kreativ g‘oya va texnik mahoratlarini namoyish etdilar. Shuningdek, sanoat korxonalarining real muammolariga qaratilgan yechimlar hakatoni ham o‘tkazildi. Unda yosh mutaxassislar amaliy muammolarga zamonaviy yechimlar taklif qilishdi. Ushbu tadbirlar nafaqat ishtirokchilar uchun katta tajriba maktabi, balki sanoat bilan ta’lim o‘rtasidagi mustahkam ko‘prik bo‘ldi. Bugunning ishtirokchilari — ertangi texnologik yetakchilar!