Inno innovatsion o’quv ishlab chiqarish texnoparkiga Janubiy Koreyaning yetakchi kompaniyalaridan biri — MK Rental bosh direktori Song Jeongho tashrif buyurdi. Tashrif davomida mehmon texnopark infratuzilmasi, innovatsion o‘quv va ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi. Texnopark direktori Sultanov Mansurbek bilan uchrashuv chog‘ida texnika va texnologiyalar sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlik, qo‘shma loyihalar va investitsiyaviy imkoniyatlar yuzasidan samarali muzokaralar olib borildi. Ushbu tashrif ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash va yangi innovatsion yutuqlarga asos yaratishga xizmat qilishi kutilmoqda.